Synterra

Monitoring

Iltimos kuting...

Synterra Monitoring — Jihozlarni Nazorat Tizimi

Biz ishlab chiqqan aql­li monitoring platformasi — bu sanoat va maishiy obyektlardagi uskuna­lar, muhit va xavfsizlik holatini real vaqtda kuzatish uchun mo‘ljallangan zamonaviy yechimdir.
Tizim sensorlar orqali elektr energiyasi holati, suv kirishi, harorat, namlik, eshik va derazalar holati, hamda boshqa muhit ko‘rsatkichlarini aniq o‘lchaydi va nazorat qiladi.

Barcha ma’lumotlar markaziy serverda yig‘iladi va veb-interfeys yoki mobil ilova orqali ko‘rsatiladi. Agar belgilangan me’yorlardan og‘ish yoki xavfli holat aniqlansa — tizim avtomatik ogohlantirish yuborib, tezkor chora ko‘rish imkonini beradi.

Tizimga kirish

Bizning maqsadimiz

Synterra Monitoring jamoasi sifatida biz har bir foydalanuvchiga o‘z atrofidagi muhitni to‘liq nazorat qilish, resurslardan oqilona foydalanish va muammolarga tezkor javob berish imkoniyatini beramiz

Bizning maqsadimiz — raqamli nazorat va avtomatlashtirishni har bir sohada joriy etish orqali barqaror, xavfsiz va qulay muhit yaratish.

Biz ishonamizki, kelajak — bu aqlli yechimlar yordamida boshqariladigan dunyo.

Biz nima qilamiz

Biz turli jihvozlar va sensorlardan ma’lumotlarni yig‘ib, ularni real vaqtda kuzatamiz.

Energiya, suv, harorat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini nazorat qilamiz.

Nosozlik yoki og‘ish holatlarida avtomatik ogohlantirish yuboramiz.

Ma’lumotlarni tahlil qilib, samarali boshqaruv uchun yechimlar taqdim etamiz.

Siz nima olasiz

Siz uskunalaringiz va muhit holatini to‘liq nazorat ostiga olasiz.

Har qanday og‘ish yoki nosozlik haqida darhol ogohlantirish olasiz.

Energiya va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Xavfsizlik, qulaylik va ishonchni bir tizimda qo‘lga kiritasiz.